Turonbankning ishlab chiqarish II-seminari
“Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti B-bino 109-auditoriyasida “Iqtisodiyot” fakultetida tahsil olayotgan “TURONBANK” ATB stependiat talabalari va professor o‘qituvchilari uchun 05.10.2024 yilda “TURONBANK” ATB Buxgalteriya xisobi departamenti bosh buxgalter orinbosari Kirgizbayev Salimjon bilan “Turonbank ATB tomonidan soliq xisobotlarini xisoblash xisobotlarini yuborish va tolov tartiblarini yer solig'i misolida” mavzusida 2024-2025 o’quv yili uchun rejalashtirilgan II-seminar tashkil qilindi.
Ma’ruzachi tomonidan hozirgi kunda soliqlar tarixi, Oʻzbekiston Respublikasida Soliq tizimining huquqiy asoslari, uni toʻlovchilarning huquqlari hamda majburiyatlari, soliq ishlarini yuritish tartiboti va 2019-yil 30 dekabrdagi O’RQ-599 son qonun haqida, “Turonbank” ATB tomonidan to‘lanadigan soliq ma’lumotlari, soliq solish obyekti, qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha bazaviy soliq stavkalari, soliqni hisoblab chiqarish va soliq hisobotini taqdim etish tartibi to‘g‘risida atroflicha ma’lumotlar taqdim etdi. Ma’ruza yuzasidan talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar.
“Iqtisodiyot” fakulteti dekani o‘rinbosari
U.Xoliyorov ma’lumoti
Universitet matbuot xizmati
- e73666c26960b9e491a01329a734b49f.jpeg ( 0.08mb )